Norvegiya Belarusning rasmiy nomini o‘zgartirdi
Norvegiya tashqi ishlar vaziri Anniken Xyuitfeld belarus xalqini qo‘llab-quvatlash maqsadida mamlakatning Norvegiyada qo‘llanilayotgan rasmiy nomi o‘zgartirilganini ma’lum qildi.
Endi norveglar bu mamlakatni Belarus, deb atashadi. So‘zma-so‘z tarjimasi «Oq Rossiya» ma’nosini beruvchi Hviterussland dan voz kechildi (norveg tilida: hvite — «oq», Russland — «Rossiya»).
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Norvegiya parlamentining ushbu qarori nafaqat ramziy ahamiyatga egaligi, shuningdek Belarusda demokratiyani qo‘llab-quvvatlashni anglatishini ham ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter