Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

No‘noq kadrlar haqida gap ketganda...

No‘noq kadrlar haqida gap ketganda...

Foto: Xabar.uz

No‘noq kadrlar haqida gap ketganda, men har doim: «Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Axir haligacha kadrlar eski sovet NKVDsining dastlab qayerda tug‘ilganligi haqidagi savol bilan boshlanib, qolgan qismi barcha yaqin qarindoshlarining ro‘yxati bilan to‘ldirilgan ob’yektivkasi asosida tanlanadi-ku», deb javob beraman. Bu so‘rovnomada kasbiy muvaffaqiyatlar haqida bironta jumlani uchratmaysiz.

Ayni paytda esa ilg‘or mamlakatlarda allaqachon davlat xizmati to‘g‘risida qonun ishlab chiqilgan, davlat xizmati uchun tanlovlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan, aniq lavozimga qaratilgan kompetensiyalar matritsasi mavjud, davlat xizmati siyosiylashtirilmagan (vazir lavozimidan bo‘shagandan keyin vazirlikning yarmi ishdan ketmasligi uchun), kasbiy faoliyatni aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash, davlat xizmatida ko‘tarilish iyerarxiyasi (pog‘onalari) va taxminiy trayektoriyasi va ishdan bo‘shatishning aniq qoidalari, shuningdek, axloq komissiyalari, axloq qoidalari shakllantirilgan va manfaatlar to‘qnashuvini ochiqlash ta’minlangan va h.k.z.

Bizda bular hozircha/haligacha yo‘q. Aksincha. Qarindosh-urug‘chilik normallashtirildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlar to‘qnashuvi tez-tez ko‘zga tashlanmoqda, chunki hamma bir-biriga qarindosh. Islohotlarni amalga oshirish tobora qiyinlashmoqda, shuning uchun zamon zo‘rniki bo‘lib bormoqda.

Biz asosiy islohot, ya’ni davlat xizmatini isloh qilmas ekanmiz, hali ancha yil yomon kadrlarga ko‘nishga majburmiz. Mamlakat professional, yetuk davlat xizmat(chilar)iga muhtoj.

Aziza Umar kundaligi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring