Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nomoddiy madaniy merosni saqlovchilarga har oy 5 mln so‘m to‘lab beriladi

Nomoddiy madaniy merosni saqlovchilarga har oy 5 mln so‘m to‘lab beriladi

Prezidentning O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, nomoddiy madaniy merosni saqlash va keyingi avlodlarga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha 2024-yil 1-apreldan boshlab yangi taritb o‘rnatiladi.

Unga ko‘ra, noyob va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha Madaniyat vazirligi tomonidan birinchi bosqichda ushbu toifadagi nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga nomoddiy madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, ommalashtirish va keyingi avlodga yetkazish borasidagi faoliyatida ko‘maklashiladi hamda ularning bu boradagi faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.

Ushbu ko‘rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar esa Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan har oyda 5 million so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha esa nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.

Hujjatda belgilanishicha, audiovizual asar yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring