Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogiron qiz suzish bo‘yicha Ginnesning to‘rtta rekordini yangiladi

Nogiron qiz suzish bo‘yicha Ginnesning to‘rtta rekordini yangiladi

Foto: «Mir24.tv»

Daun sindromidan qiynalayotgan meksikalik 33 yoshli suzuvchi xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lib, yuzlab medallarni qo‘lga kiritgan. Ginnesning rekordlar kitobi sayti xabar berishicha, uning to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha natijalari jahon ko‘rsatkichlarini dog‘da qoldirgan.

Duniya Kamacho 1988-yilda dunyoga kelgan. U boshlang‘ich maktabni Montessori tizimida tugatgan. Qiz 8 yoshida suzish bilan shug‘ullana boshlagan. U bir necha marta milliy va xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. Uning ixtiyorida 500 dan ziyod medal bor, ularning aksariyati oltin.

Rekordlar kitobida sportchining to‘rtta yutug‘i qayd etilgan: erkin uslubda 200 metrlik qisqa masofani eng tez suzib o‘tish (ayollar, T21) — 2 daqiqa 56,20 soniya; erkin uslubda 800 metrlik qisqa masofani eng tez suzib o‘tish (ayollar, T21) — 12 daqiqa 38,74 soniya; erkin usulda 1500 metrlik masofani eng tez suzib o‘tish (ayollar, T21) — 25 daqiqa 06,07 soniya va erkin uslubda 1500 metrlik masofani eng tez suzib o‘tish (ayollar, T21) — 23 daqiqa 55,07 soniya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring