Nobel mukofoti laureati Charlz Kao vafot etdi
![Nobel mukofoti laureati Charlz Kao vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_3201606434.jpg)
Kecha, 23-sentyabr kuni Nobel mukofoti laureati Charlz Kao vafot etdi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.
Charz Kao 85 yoshda bo‘lib, 2004-yildan beri Alsgeymer xastaligidan aziyat chekayotgandi. U asli kelib chiqishi xitoylik bo‘lib, Britaniya-AQSh fizigi edi.
Uning ilmiy-tadqiqot ishlari optik tolali aloqaning rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etgan.
U 2009-yili Jorj Smit va Uillard Boyl bilan birgalikda fizika yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter