Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nizomiy»ning o‘nlab binolari sotuvga qo‘yilgan»i yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

«Nizomiy»ning o‘nlab binolari sotuvga qo‘yilgan»i yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Davkativ agentligi avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘nlab bino va inshootlari sotuvga qo‘yilishi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Ushbu ma’lumotni rad qilmayotgan agentlikning bildirishicha, talabalar yotoqxonalarining sotilishi bo‘yicha noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumot tarqatilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Toshkent shahrining 8 ta hududlarida faoliyat ko‘rsatib kelyapti va talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida tegishli qarorlar bilan Universitet o‘quv binolari Yangi Toshkent shahri hududida 40 gektar yer maydonida qurilayotgan yangi kampuslarga ko‘chiriladi.

Mazkur kampusda talabalar uchun zamonaviy kutubxona va yotoqxona qurilishi ham inobatga olingan.

Ushbu kampusni moliyalashtirish manbalari sifatida Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari va uning Toshkent shahrida bo‘shaydigan bino va inshootlarini bosqichma-bosqich sotishdan tushadigan mablag‘lar belgilangan.

Hozirgi kunda Yangi Toshkent shahri hududida Universitetning yangi zamonaviy kampuslarini qurilish ishlari boshlangan.

«Shu o‘rinda, 2025-yilga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturida Universitetning bino va inshootlari uning so‘roviga asosan bosqichma-bosqich ommaviy savdolarga chiqariladigan ob’yektlari tasdiqlangan hamda izoh qismida ularni sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkent shahrida Universitet kampuslarini qurish uchun Universitetga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Yangi Toshkent shahri hududida Universitet uchun yangi kampus bitkazilib, talabalar unga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, yotoqxonalardan samarali foydalanish choralari ko‘riladi», – deyiladi Agentlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring