«Nizomiy» rektori jarimaga tortildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori A. Umarov ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanib, sud tartibida javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bir muncha vaqt avval MIB Chilonzor tuman bo‘limi sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun rektorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudiga taqdimnoma kiritgani ham aytilgandi. Sud taqdimnomani ko‘rib chiqib, mansabdorni Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198-1-moddasi ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, ba’zaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 barobari miqdorida jarima solindi.
Aytilishicha, sud majlisida rektor ko‘rinish bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter