Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tort kesishda janjal: Nishondagi to‘yda kuyovjo‘ra pichoqlanib, vafot etdi

Tort kesishda janjal: Nishondagi to‘yda kuyovjo‘ra pichoqlanib, vafot etdi

Bir necha kun avval Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidagi to‘yda janjal yuzaga kelgani, oqibatda kuyovning jo‘rasi pichoqlangan.

Holat yuzasidan «Nasafnews» nashri yangi ma’lumot taqdim etdi.

Aniq bo‘lishicha, voqea 24-iyul kuni sodir bo‘lgan. Jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi X.E. yarim tunda tort kesish tadbirida shu mahallada yashovchi kuyovning jo‘rasi X.J. bilan janjallashib qoladi. Janjal oqibati esa ayanchli yakun topadi.

1990-yilda tug‘ilgan Qiziriq tumanida yashovchi X.E. 1996-yilda tug‘ilgan X.J.ning chap ko‘krak qismiga pichoq sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Voqea guvohchilaridan birining aytishicha, pichoq marhum yigitning yuragiga sanchilgan. Og‘ir ahvolga tushgan yigit Nishon tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli og‘ir holatda bo‘lgani uchun hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring