Nikolas Keyj rol uchun tishlarini kesib tashladi
Gollivud aktyori Nikolas Keyj «Renfild» filmidagi graf Drakula roli uchun tishlarini kesishga rozi bo‘ldi. Uning o‘rniga aktyorga o‘tkir protezlar o‘rnatildi.
Filmning vizajisti Kristiyen Tinslining so‘zlariga ko‘ra, aktyor vampir Drakula roliga judayam kirishib ketgan.
«Biz Nikolasning tishlarini kesib tashladik va protezlarni shunday o‘rnatdikki, u gapirishga qiynalmadi. U tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otishni istadi, shuning uchun tishlari juda ingicha va o‘tkir», dedi u.
Nikolas Keyj suratga olish vaqtida qator qiyinchilik va noqulaylikni boshdan kechirgan. U vampirga aylanish uchun tasvirga olish maydonchasida har safar bo‘yanishga uch soat vaqt sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter