Navoiylik tadbirkor o‘g‘lining nikoh to‘yiga 120 kishini taklif qildi

Navoiy viloyatidan tadbirkor Nuriddin Habibov to‘rtta to‘yxona ishlarini yuritadi. Daromadi ham o‘ziga yarasha. Ammo u kamtarona to‘yni ma’qul ko‘rdi, deb xabar berdi «O‘zA».
O‘g‘li Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yiga bir yuz yigirma mehmonni taklif qildi. Qiziltepa tumanidagi «XXI asr» nomli to‘yxonada ixcham va fayzli o‘tgan to‘y Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutgan to‘ylarning biri bo‘ldi.
Tadbirkor yurtdoshimiz to‘ydan oldin ushbu tumandagi maktab internati jamoasiga Navro‘z saylini o‘tkazishda homiylik ko‘rsatib, bolalarga o‘quv qurollari, bayram sovg‘alari ulashdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan kelin-kuyovlarga yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun sertifikat va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter