Nihoyat Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nomlar beriladi
Bugun, 29-noyabr kuni Transport vazirligida yangi metro bekatlarini nomlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda nomlar bo‘yicha yaxshi takliflar berilgan.
«Ham tarixiy nomlar, ham bugungi toponimiya inobatga olindi. Jimjimador yoki siyosiy nomlar tanlanmadi. Tarixiy shaxslar ham yaxshi tanlandi. Lekin Ubaydullaxon o‘tmadi», – deb yozadi bloger Eldor Asanov.
Ma’lum qilinishicha, nomlar tez orada e’lon qilinadi.
Muhrim A’zamxo‘jayev esa ishchi guruh taklif etayotgan nomlar jamoatchilik muhokamasidan so‘ng tasdiqlanishini aytmoqda.
«Bugungi yig‘ilishda jami 19 ta (allaqachon ishga tushgan va qurilishi davom etayotgan) bekatga nomlar (ba’zi bekatlar bo‘yicha bir necha variant bor) tanlangan», – deb yozadi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter