Nihoyat, Fransiya sobiq prezidentiga hukm o‘qildi
Fransiya sudi mamlakat sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiyada aybdor deb topdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Bu holatda Sarkoziga 10 yilgacha qamoq va jarima solinishi mumkin. Uning o‘zi ayblovlarni rad etgan va ularni siyosiy muxoliflarning ta’qiblari deb biladi.
66 yoshli janob Sarkozi magistrat Gilbert Azibertga pora berishga uringanlikda ayblanmoqda. Uning sobiq advokati Terri Xertsog va janob Azibertlar ham sud qilinmoqda.
Prokuratura janob Sarkozi uchun to‘rt yillik qamoq jazosini talab qilmoqda.
Shunga qaramay, u prezident saylovlaridan bir yil oldin, o‘ng qanot doiralarida mashhur edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter