Nigora Tursunqulova xitoylikka yutqazib qo‘ydi
Taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning navbatdagi vakili Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Unda Nigora Tursunqulova (-67 kg) xitoylik raqibasi bilan kuch sinashdi.
Xitoylik Jang Mengyuga qarshi bahsning asosiy vaqti durang bilan yakunlangach, g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi. Oltin ochko uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi.
Endi Mengyu finalga chiqqan taqdirida hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter