Nigeriyadagi YTHda 30 kishi yonib ketdi
Nigeriya shimolida ikki avtobus ishtirokidagi YTH natijasida 30 kishi tiriklayin yonib ketdi.
France Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, baxtsiz hodisa 21 iyul, payshanba kuni mamlakat shimolidagi Kaduna shtatida sodir bo‘lgan. Kano shahri va Nigeriya poytaxtini bog‘lovchi yo‘lda ikkita avtobus va yengil avtomobil to‘qnashib ketgan va yong‘in chiqqan.
Halok bo‘lganlardan tashqari yana bir necha kishi jiddiy jarohat olgan. Hodisaga tezlikni oshirish va mashinani ehtiyotsizlik bilan boshqarish sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter