Nigeriyada falokat: kamida 25 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimolida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik va to‘fon tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 25 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab kishilar bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Nigeriya favqulodda holatlar agentligi (SEMA) mutasaddisi Hoji Robe’ Rabiyning ma’lum qilishicha, Katsina viloyatida kechadan beri davom etayotgan jala va to‘fon sababli shaharu qishloqlarni suv bosgan.
Tabiiy ofat tufayli 90 ta uy cho‘kkan, 200 dan ziyod qora va ushoq mol nobud bo‘lgan.
Mamlakat mutasaddilari halok bo‘lganlar soni ortishidan tashvishda.
Ayni paytda tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter