Nigeriyada 300 dan ortiq maktab o‘quvchilari qaroqchilardan qutqarildi
Nigeriyaning maxsus kuchlari poytaxt shimolidagi Ikara shahrida 300 dan ortiq maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlanishdan himoya qilishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi mahalliy «Nation» gazetasi.
Nashrning yozishicha, Kaduna shtati Ikara shahrida bir guruh qurollangan qaroqchilar o‘rta maktabga hujum qilishgan. Ularning maqsadi bolalarni o‘g‘irlab, keyinchalik evaziga to‘lov talab qilish bo‘lgan. Jangarilar maktab hududiga bostirib kirishgan, ammo o‘quvchilar maxsus kuchlarni ogohlantirish tizimini faollashtirishga ulgurishgan: xaloskorlar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan.
Harbiylar va qaroqchilar o‘rtasidagi qisqa jang natijasida maktabni himoya qilishga muvaffaq bo‘lindi. Harbiylar va bolalar orasida qurbonlar yo‘q. Qaroqchilar qochib qutulishdi. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
So‘nggi bir necha kun ichida bu mahalliy qaroqchilarning ta’lim muassasasiga qilingan birinchi hujumi emas. 11-mart kuni davlat o‘rmon xo‘jaligi kollejining yotoqxonasiga bostirib kirishib, 39 talaba o‘g‘irlab ketilgandi. Hozir harbiylar ularni qidirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter