Nigeriya nomini o‘zgartirish taklif qilindi
Nigeriya prezidentligiga nomzod Adamu Garba mamlakat nomini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda «ZNBC» xabar berdi.
Garba prezidentlikka saylangan taqdirda islohotlarga qo‘shib, mamlakat nomini ham o‘zgartirmoqchi.
«Mamlakat rebrendingini o‘tkazsak, nima deysizlar?! Tegishlicha federallashtirsak, «Nigrit Federatsiyasi» yoki shunchaki Nigritiya, deb nomlasak. Oxir-oqibat, Nigritiya — bizning qadimiy nomimiz. Lugard xonim uni Nigeriya deb o‘zgartirgunicha shu nom ishlatilgan», — deb yozdi Garba «Twitter»da.
«Mamlakatimizni mustamlakachilik asoratlaridan xalos qilish, qayta tiklanish, salbiy stereotiplardan poklanish fursati yetdi», — dedi prezidentlikka nomzod.
Gana, Keniya, Benin va Togo kabi Afrika mamlakatlari mustaqillikka erishganidan so‘ng «eng muhimi — o‘zlik» ekanini anglab, «mustamlakacha» nomlarini o‘zgartirgan, eslatib o‘tdi Garba.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter