Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya bosh vaziri karantin tufayli onasi bilan vidolasholmay qoldi

Niderlandiya bosh vaziri karantin tufayli onasi bilan vidolasholmay qoldi

Foto: «Eurointegration.com.ua»

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte karantin choralari tufayli onasini o‘limidan oldin ko‘ra olmadi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

96 yoshli onasining o‘limi haqida Ryuttening o‘zi ma’lum qildi. Onasi Gaagada qariyalar uyida vafot etdi. COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli qabul qilingan karantin choralari tufayli siyosatchi onasini bir necha hafta ko‘rmagan.

«Hozir torgina oila davrasida u bilan hayrlashdik. Bu yo‘qotishni yengib o‘tishimizga umid qilamiz», — deya ta’kidladi Ryutte.

Bosh vazir matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Ryutte hatto onasining betobligiga ham qaramay, «barcha ko‘rsatmalarga amal qilgan». Jumladan, qariyalar uyiga bormaslik ham buyurilgandi. «The Guardian»ning yozishicha, Ryuttening onasi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada 45,7 mingta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etilgan; 5,8 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan, 174 kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring