Neymar oqlandi
Ispaniya sudi braziliyalik Neymar hamda uning 2013-yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tishi bilan bog‘liq ishda firibgarlikda ayblanayotgan boshqa shaxslarni oqladi. Bu haqda AR xabar berdi.
Sud Neymarning shartnomasi qalbakiligi bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlarda DIS kompaniyasi da’vo qilgan qing‘irliklarni topmadi.
DIS kompaniyasi Neymar, uning ota-onasi, «Barselona» sobiq prezidentlari Jozep Bartomeu va Sandro Rosel hamda «Santos» sobiq direktori Odilio Rodrigeslarni sudga bergandi.
Ushbu kompaniya 2009-yilda futbolchi (Neymar)ga bo‘lgan huquqning 40 foizini sotib olgan. DIS futbolchi va uning otasiga qarshi surgan da’voga ko‘ra, ular «Barselona»ga o‘tishda klub bilan ikkita soxta bitim tuzishgan, oqibatda kompaniya o‘ziga tegishi ulushdan quruq qolgan. DIS sud orqali €150 mln badal puli undirishdan tashqari, futbolchi va otasini qamatishni ham istayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter