Neymar jarohat oldi. U «Real»ga qarshi o‘ynay oladimi?

«PSJ» klubi bosh murabbiyi Unai Emeri «Marsel» bilan o‘yinda jarohat olgan hujumchi Neymar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu uchrashuvda «PSJ» yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Dastlabki ko‘rik xulosalariga ko‘ra, uning paylari cho‘zilgan. Aniqroq tashxis tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Hozircha u «Real» bilan uchrashuvga qadar tiklana olishini taxmin qilyapman xolos», – dedi Emeri.
Chempionlar liga 1/8 finalidan o‘rin olgan «PSJ» – «Real» uchrashuvi 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter