Neymar «Barselona»da «PSJ»dagidan 30 million kam oladi
Agarda «PSJ» hujumchisi Neymar «Barselona»ga o‘tishga ko‘nsa, daromadining katta qismidan mahrum bo‘ladi. «Mundo Deportivo» yozishicha, brazililiyalik Kataloniyaga qaytsa 30 million yevro kam topadi.
Parijliklar taklif etayotgan shartnomaga ko‘ra, Neymar yiliga 52 million atrofida topishi mumkin. Buning ichiga «PSJ» berayotgan maosh va Qatar banki elchisi roli uchun gonorar kiradi. Fransiyadan ketgan taqdirida, braziliyalikning bank bilan hamkorligiga nuqta qo‘yiladi.
«Barselona» esa sobiq futbolchisiga 20 mln. yevrodan sal ko‘proq bermoqchi.
Fransuzlarning (hamda qatarliklarning) puli ma’qulmi yo «Kamp Nou»ni tanlaydimi — buyog‘i Neymarning o‘ziga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017-yili «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln. yevro evaziga o‘tib, futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter