Nensi Pelosi Tayvanga kelishdan ko‘zlangan maqsadni aytdi
AQSh delegatsiyasi Tayvanga rasmiy Vashingtonning orolni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlash uchun keldi, deydi AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi.
«Kongress delegatsiyasining Tayvanga tashrifi Qo‘shma Shtatlarning Tayvanning jonli demokratiyasini qo‘llab-quvvatlashga qat’iy sodiqligini ko‘rsatadi»,— degan u.
Pelosiga ko‘ra, AQSh kongressmenlarining orolga tashrifi AQShning Tayvanga nisbatan siyosatiga to‘liq mos keladi.
Delegatsiya AQSh va Tayvanning umumiy manfaatlariga taalluqli masalalarni, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasi ochiqligi va erkinligini mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
«Amerikaning Tayvanning 23 million aholisi bilan birdamligi bugungi kunda har qachongidan ham muhimroq, chunki dunyo avtokratiya va demokratiya o‘rtasida tanlov oldida turibdi», — dedi Pelosi orolga kelganidan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Pelosi 2-avgust kuni Tayvan markazi Taybey shahriga qo‘ndi. Xitoy TIV bu harakatlar javobsiz qolmasligi bo‘yicha bayonot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter