Nemislar «Rolls-Royce Cullinan»ni 2 million dollarga uzaytirib berishadi (foto)
«Klassen» tyuning-kompaniyasi dizaynchilari dunyodagi eng qimmat seriyali chiqariluvchi yo‘l tanlamas — «Rolls-Royce Cullinan»ning uzunligi yetarli emas degan to‘xtamga kelishdi. Ularning nazarida yana bir metr qo‘shilsa «Rolls-Roys» haqiqiy limuzinga aylanadi. Ammo shu bir metr uchun mashina («Rolls-Royse Cullinan Limo»)ning narxiga 2 million dollar qo‘shiladi, deya xabar bergan «Top Gear».
Oddiy «Rolls-Royce Cullinan»ning narxi — 325 000 dollar, tyuning qilinib uzaygatirilgach, uning nomi ham uzayadi — «Rolls-Royse Cullinan Limo» va umumiy narxi 2 million dollarga aylanadi.
Tyuningdan so‘ng mashinaning umumiy uzunligi 6,357 metrga yetgan. Albatta, ikki million bekorga ketmaydi: ballistik hujumdan yettinchi darajali himoyaga ega. To‘qqizinchi darajalisini ham buyurtma qilish mumkin, faqat buning uchun yana pul to‘lash kerak. Nemislar bekorga ishlashmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter