Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemis jurnalisti Gitler Germaniyasini halokatga olib kelgan xato haqida gapirdi

Nemis jurnalisti Gitler Germaniyasini halokatga olib kelgan xato haqida gapirdi

Nemis jurnalisti Yoxann Altxaus Die Welt gazetasida fashistlar Germaniyasining Sobiq Ittifoq bilan urushda mag‘lub bo‘lishiga olib kelgan asosiy xato haqida gapirib o‘tdi. 

Uning fikriga ko‘ra, Uchinchi reyx rahbariyati vermaxtning Yevropadagi tezkor g‘alabalarini noto‘g‘ri qabul qilgan. Polsha, Norvegiya, Fransiya va Yugoslaviyaning qo‘lga olinishi Germaniyani Sovet Ittifoqini ham osongina yengish mumkinligi haqidagi xato tasavvurni shakllantirgan. 

«Reyx rahbarlari butun dunyoda blitskrig yagona to‘g‘ri retsept ekaniga amin bo‘lishgan»—, deb yozadi Altaus.

1941-yil fevralida yaratilgan «G‘arbdagi g‘alaba» propagandistik filmi o‘xshash namunalar xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan va ularni chalg‘itgan. Natijada reyx armiyasi yengilmasligi haqida afsonalar paydo bo‘lgan. 

Tarixiy faktlarga ko‘ra, Gitler boshchiligida tuzilgan «Barbarossa» rejasida Sobiq Ittifoq ikki oyda yanchib tashlanishi, uning hududlarida Germaniyaning qo‘g‘irchoq reyxkomissariatlari tuzilishi kerak edi. Jumladan, Markaziy Osiyoda Turkiston reyxkomissariati tuzilishi kerak bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring