«Neksiya» yo‘lovchisi «Qamchiq»da pastlikka tushib ketdi

Bugun, 24-iyul kuni soat 05:40da «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh» avtomobil yo‘lining 234-kilometrida fuqaroning pastlikka tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilib, yordam so‘ralgan.
Aniqlanishicha, «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida to‘xtab turgan «Neksiya» rusumli avtomashina yo‘lovchisi yo‘lning chekka qismida ehtiyotsizligi sababli taxminan 50-60 metr pastlikka tushib ketib, turli darajada tan jarohatlari olgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus texnikalar yordamida jabrlangan fuqaroni pastlikdan olib chiqishdi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirishdi. Ayni vaqtda jabrlanuvchiga Namangan viloyati Pop tumani markaziy shifoxonasi xodimlari tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning ahvoli o‘rta darajada deb baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter