Nega bulg‘orilar har xil rangda bo‘ladi?
Shirin bulg‘ori yoki garmdori odatda qizil, sariq yoki yashil rangda bo‘ladi. Biroq tabiatda qo‘ng‘ir va binafsha ranglilari ham uchraydi. Bulg‘orilarning rang-barangligi nimani anglatadi?
Bulg‘ori texnik va biologik yo‘l bilan pishadi. Birinchi holatda — meva yetarlicha yetilmaydi, lekin iste’molga yaroqli bo‘ladi. Mazkur bosqichda u yashil, och gunafsha va to‘q binafsha rangda bo‘lishi mumkin. To‘liq pishganda mevaning bu navlari qizil tusga kiradi — bunday bulg‘ori biologik pishgan sanaladi. Oxirida u shokolad-qo‘ng‘ir rangga kiradi.
Bulg‘ori rangi u yoki bu pigment borligiga bevosita bog‘liq. Mazkur mahsulotni likopin qizil, beta-karotin sariq, xlorofill yashil, antotsianlar binafsha rangga bo‘yaydi. Diqqatga molik jihati shundaki, tabiiy pigmentlar bulg‘ori hatto uzoq muddat saqlanganda ham parchalanmaydi, aynan ularning ko‘p miqdorda bo‘lishi mahsulotni foydali qiladi. Tarkibida C vitamini ko‘pligi bo‘yicha bulg‘ori limon va qora smorodinadan, A vitamini bo‘yicha esa sabzidan qolishmaydi. Bundan tashqari, bulg‘ori tarkibida magniy, yod, rux, kalsiy, kaliy, fosfor, temir hamda odam salomatligi uchun boshqa foydali elementlar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter