Neft tashuvchi kemada odamlar yonib ketdi
Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida «Jag Leela» neft tashuvchi tankerida kelib chiqqan yong‘in oqibatida ekipajning 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Jakarta Post» gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea dushanba kuni ertalab Indoneziyaning Medan shahridagi Belavan portida yuz bergan. Seshanba kuni qidiruv-qutqaruv guruhi kemaning turli qismlarida, jumladan, palubada ham jasadlarni topishgan. Qidiruv-qutqaruv guruhi a’zosining aytishicha, faqat bir murdaning kimga tegishli ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan, qolganlari kuyib ketgan. Taxminlarga ko‘ra, ular yong‘in paytida kema ichida qamalib qolishgan.
Shimoliy Sumatra politsiyasi vakili Nainggolanning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin, chunki qidiruv operatsiyasi hali davom etyapti. Yong‘in sababi tekshirilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter