Nedved Pogba va De Ligtni olib kelish uchun Monte-Karloga jo‘nadi
«REGNUM» yozishicha, Turinning «Yuventus» klubi vitse-prezidenti Pavel Nedved taniqli agent Mino Rayola bilan muzokara o‘tkazish uchun Monte-Karloga jo‘nab ketdi. Bu haqda 16-iyun kuni «Tuttosport» xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar Rayolaning mijozlari — Pol Pogba («Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi) hamda Matteys de Ligt («Ayaks» himoyachisi)ni «Yuventus»ga olib kelish masalasini muhokama qilishadi.
OAV xabarlariga ko‘ra, «MYu» Pogbani 170 mln. yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi, De Ligtga esa «Pari Sen-Jermen» va «Barselona» ham ko‘z tikmoqda.
Ma’lumot uchun: Pol Pogba «MYu»ga aynan «Yuventus»dan 2016-yilning yozida kelib qo‘shilgandi (transfer qiymati — 105 mln. yevro). Pogba so‘nggi mavsumda 35 o‘yinda 13 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Matteys de Ligt esa joriy mavsumda «Ayaks» safida 55 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urib, 4 ta golga sherik bo‘ldi. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomalari 2021-yilgacha tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter