Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hamdardlik eshitishni xohlamayman» — Navalniyning onasi o‘g‘lining o‘limi haqida

«Hamdardlik eshitishni xohlamayman» — Navalniyning onasi o‘g‘lining o‘limi haqida

Foto: AP/ Pavel Golovkin

Navalniyning onasi Lyudmila Ivanovna Facebook’dagi sahifasida o‘g‘lini bir necha kun oldin ko‘rganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u farzandini 12 fevral kuni ko‘rgan.

«Men hech qanday ta’ziya eshitishni xohlamayman. Men o‘g‘limni 12-kuni koloniyada ko‘rdim, biz uchrashdik. U tirik, sog‘lom, quvnoq edi», — deb yozgan Lyudmila.

Kuni kecha rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Yamalo-Nenets okrugi bo‘yicha Federal jazoni ijro etish xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilishicha, mahkum Navalniy 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida sayr qilgandan so‘ng o‘zini yomon his qilgan, darhol hushini yo‘qotgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uni qutqara olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring