Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilning eng faol ijtimoiy tarmoqlari aniqlandi

2021-yilning eng faol ijtimoiy tarmoqlari aniqlandi

Foto: pixabay.com

TikTok ijtimoiy tarmog‘i 2021-yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan resursga aylandi. U 2020-yilning yetakchisi – Google saytidan o‘zib ketdi. Bu haqda Cloudflare kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

TikTok joriy yilning fevral oyidayoq birinchi o‘ringa chiqib oldi va avgustgacha qisqa videolarni yaratish va tomosha qilish platformasi hech kimga yetakchilikni berib qo‘ymadi. Shu bilan birga, 2020-yilda ushbu tarmoq yettinchi o‘rinni egallagandi.

Google yetakchilikni boy berib, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uchinchi o‘rinni Facebook ijtimoiy tarmog‘i egalladi.

TikTok ilovasi 2018-yilda chiqarilgan va Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. Ilova qisqa videolarni yozib olish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring