Qizib ketadigan smartfonlar aniqlandi
«Realme» brendiga mansub apparatlar qizib ketishga moyil smartfonlar deb topildi. Bu haqda «Master Lu» benchmark ma’lumotlariga tayanib Xitoyning «MyDrivers» nashri xabar bergan.
Tadqiqot doirasida Osiyo brendiga mansub smartfonlar tekshirilgan. Buni qarangki, «Vivo» kompaniyasining telefonlari eng «sovuq» smartfonlar deb topilgan. Ushbu brend qurilmalari tarkibiy qismlarining o‘rtacha harorati 30,56 darajani tashkil etgan. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni «Samsung» va «Oppo» gadjetlari egallashdi. Ishlash vaqtida ularning harorati o‘rtacha 31,08 va 31,15 darajaga yetgan.
Eng «qaynoq» telefonlar deb «Realme» devayslari topildi. Ularning o‘rtacha harorati taxminan 33,18 darajadan iborat. Umuman olganda, reyting bo‘yicha eng yuqori harorat «Nokia 9 PureView»da qayd etilgan: korpusi 43,05 darajagacha qizib ketgan.
Shuningdek, benchmark testda ishtirok etayotgan barcha smartfonlarning reytingini tuzdi. Eng past haroratni «Vivo U3x» saqlab qoldi: uning korpusi faol ishlash paytida atigi 27,96 darajagacha qizigan. Qizishga kamroq moyil bo‘lgan apparatlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasidan «Samsung Galaxy M30s», «Xiaomi Redmi 8», «Redmi 8A», «vivo Y3» joy olishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter