Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navro‘z» restorani o‘rnida quriladigan muzey loyihasi ko‘rsatildi (foto)

«Navro‘z» restorani o‘rnida quriladigan muzey loyihasi ko‘rsatildi (foto)

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi yangi binosining muhandislik va rejalashtirish yechimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi yangi binosining qurilish loyihasini ishlab chiqmoqda.

U Abulqosim madrasasi, «Istiqlol» san’at saroyi hamda Alisher Navoiy haykali o‘rtasidagi maydonda barpo etiladi. Muzey binosining me’moriy konsepsiyasi yaponiyalik mashhur arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bosh loyihachi sifatida esa Germaniyaning  «Atelier Brückner GmbH» me’moriy byurosi ishtirok etmoqda.

Taqdimot doirasida «Atelier Brückner» me’morchilik byurosi mutaxassislari tomonidan ob’yektning bosh rejasi, turli maqsadlarga mo‘ljallangan maydonlarning muhandislik va rejalashtirish yechimlari taqdim etildi. Shuningdek, muzey loyihasini ishlab chiqishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishga alohida urg‘u berilayotgani ta’kidlandi.

Davlat san’at muzeyi yangi binosi loyihasining to‘liq taqdimoti 2022 yilning aprel oyida o‘tkaziladi. Qurilish ishlari 2023 yilda tugallanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Navro‘z» qabullar uyi buzilib, uning o‘rni va atrofida ijod maktabi, muzey binosi, teatri binosi va kutubxona qurilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring