Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navro‘z arafasi va bayram kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Navro‘z arafasi va bayram kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 20-21-mart uchun e’lon qilgan prognozlarida tog‘li hududlarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi ma’lum qildi.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchiliklar kutilyapti. 

Shimolda havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-21-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 20-martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 21-martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-martda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-martda ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 20 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 21-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Janubda 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-martda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-martda ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 20-martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 21-martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 20-martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 21-martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring