Navoiylik xaridor avtosalondan penya undirdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli «Ishonch telefoni»ga Navoiy viloyati Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Muqimov murojaat qiladi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
U «Navoiy avto motors» korxonasiga «Gentra» rusumli mashina uchun 100 foiz to‘lov qilgani, ammo mashinani o‘z vaqtida ololmayotganidan norozilik bildirib, amaliy yordam so‘ragan. Ushbu murojaat Karmana tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan 441918.42 so‘m miqdorida penya «Navoiy avto motors» korxonasi tomonidan iste’molchiga to‘lab berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter