Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiylik tadbirkorlar dezinfeksiya tunneli yasab, shahar markaziga o‘rnatishdi (foto)

Navoiylik tadbirkorlar dezinfeksiya tunneli yasab, shahar markaziga o‘rnatishdi (foto)

Mazkur yangilik «KARMANA GOLDEN EGGS» MChJ rahbari Aziz Suvonov hamda «EXPORT FISH PRODUCT» MChJ direktori Obid Saidovlar tashabbusi va sa’y-harakati bilan har tomonlama qulay va zamonaviy uslubda tayyorlandi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, ushbu tadbirkorlar ayni sinovli kunlarda o‘zlarining ezgu amallari bilan Navoiy va Karmana shahridagi ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlab, bir qator xayriya aksiyalarini ham o‘tkazishgan.

– Butun dunyoga tahdid solayotgan koronavirus infeksiyadan himoyalanish muammosi shunchaki oddiy gap emas. Mazkur jarayonda izlanish va o‘rganish davr taqozosi. Biz ham ushbu dezinfeksiya tunnelini bir qator mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, tayyorladik, – deydi Aziz Suvonov. – Ushbu tunneldan o‘tgan fuqaroning usti-boshi dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari tunnelda qo‘l yuvish uchun antiseptik vositalar o‘rnatilgan. Dezinfeksiya tunneli shaharning piyodalar serqatnov hududlarida sanitariya-gigiyena xavfsizlik ta’minlash maqsadida o‘rnatildi.

Tadbirkorlar xomiyligi tufayli undan fuqarolar mutlaqo bepul foydalanishmoqda. Shuningdek, mazkur moslamaga shu paytga qadar o‘nga yaqin buyurtmalar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring