Navoiyga tashrif, Xorazmda motam, Andijondagi vahshiylik, chiroyli raqamlar, qidiruvdagi xalq artisti, saxovatga muhtoj oila, yangi narxlar, nos va boshqa xabarlar
Bugun, 2-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Mirziyoyev Navoiyga ketish oldidan aeroportda nemis kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning Navoiyga tashrifi
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev karmanalik tadbirkor bilan uchrashdi
90 kunda jo‘ja yetishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxim beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.
Prezident «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida bo‘ldi
Prezidentga zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Mirziyoyev: «Ekinni ekib-yig‘ish ishlarini olimlar bilan hamkorlikda amalga oshirish kerak»
Davlat rahbariga O‘zbekiston kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishlab chiqqan gidrogel moddasi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu modda o‘simlik o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirishga xizmat qiladi. Gidrogel yomg‘ir suvini va o‘simlikka berilgan o‘g‘itni saqlaydi. Suvni 50 foizgacha tejashga yordam beradi.
Zarafshonda favvoralar xiyoboni, Tomdida bolalar shaharchasi quriladi
Davlat rahbari dastlab Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirishga doir rejalar bilan tanishdi. Viloyatning ushbu chekka tumanlari va Zarafshon shahrida sanoat va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ko‘plab loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
Shavkat Mirziyoyev Tomdida aholi bilan muloqot qildi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining ko‘p millatli aholisi ahil-inoq, birodarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgani, o‘zbekni qozoqdan yoki rusdan ajratib bo‘lmasligini, ular mamlakatimizdagi barcha o‘zgarishlarga munosib hissasini qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.
Avto
Toshkent shahri va Toshkent viloyati haydovchilari chiroyli raqam ishqibozi
Auksion savdo jarayonida xaridorlar istalgan miqdorda buyurtmalar berishi mumkin. Taklif etilayotgan narx eng oxirgi narxdan baland bo‘lishi kerak.
Jamiyat
Bu safar Xorazmda motam... Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi YTH oqibatida mashinada yong‘in sodir bo‘lgani va halok bo‘lganlarning olti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanini xabar qilgan edi. Bugun tongda ushbu YTH qurbonlari shaxsini aniqlanib, e’lon qilindi. Halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan.
Mang‘istovda ro‘y bergan fojia qurbonlari soni yana bittaga ko‘paydi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi YTH oqibatida mashinada yong‘in sodir bo‘lgani va halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan ekanini bildirib, ularning dastlabki ro‘yxatini keltirgan edi.
Endi hamma yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risida xabar berishi mumkin
2018-yilning 5-mart kunidan boshlab yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasining saytida «mobil muxbir» nomli maxsus bo‘lim ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
IIV O‘zbekiston xalq artistini qidiruvga berdi
O‘zbekiston davlat sirkining uzoq yillar rahbari bo‘lgan, O‘zbekiston xalq artisti Bahrom Majidovga nisbatan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qidiruv e’lon qildi.
Bir jinoyat izidan: Andijondagi oshkora qotillik qissasi (video)
Bu voqea Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida sodir bo‘ldi va butun O‘zbekiston bo‘ylab aks-sado berdi. Birdaniga to‘rt kishining shafqatsizlarcha o‘ldirilishi va bu holat deyarli bir hafta davomida e’tiborsiz qoldirilishi dillarni larzaga soldi.
Gulnora Karimovani hibsga olishga sanksiya bergan Toshkentning «temir prokuror»i qo‘lga olindi
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Mira’lam Mirzayev qo‘lga olingan.
Toshkentdagi ma’lum ko‘chalarda qatnov qismi torayadi
Shuning uchun Farg‘ona yo‘li ko‘chasida harakatlanish jarayonida yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilib, ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yanada osonlashdi
Bundan tashqari, sahifaga kelgan barcha iltimoslar, shikoyatlar hamda murojaatlar diqqat bilan tahlil qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Bosh prokuratura Rashidjon Qodirovning sobiq o‘rinbosarlari qo‘lga olinganini tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni oshkor qildi.
Bosh prokuratura «temir prokuror» laqabli Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olinganini rad etdi
«Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.
O‘zA: Rahbarlar porani rad etmoqda, demak, endi jamiyatda korrupsiyaga chek qo‘yiladi
Tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik... Aslida illat hisoblangan bu qilmishlarni hamma birdek qoralaydi. Ammo o‘z foydasiga kelganda ayrimlar hamon bundan ko‘z yumayotgani sir emas.
Saxovatga muhtoj oila: keksa ona bemor, qiz behol, nabira og‘ir kasal (video)
Murakkab vaziyatga tushgan inson har kimning ko‘zidan ilinj izlaydi, har bir kelgan odamga umid bilan qaraydi, ayniqsa og‘ir kasallik vujudni yemirayotganda. Ijodiy guruhimiz bilan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab safar qilganimizda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Suv-yulduz» mahallasida yashovchi To‘lanboy akaning xonadonida bo‘ldik.
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
Dahshatli avariyalar yakuni bormi? (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda tashabbuskor guruhlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etishni kuchaytirishni targ‘ib etuvchi rolik tobora ommalashmoqda.
Sirdaryolik o‘n nafar fuqaro, Koreyadagi ishlash orzulari amalga oshishiga ishonib, 2000-4000 dollar orasida miqdorlarda pullarini o‘z qo‘llari bilan olib kelib berishgani ma’lum bo‘ldi.
Iqtisodiyot
15 martdan yangi narxlar belgilanadi
20 grammgacha bo‘lgan pochta jo‘natmalari O‘zbekiston Respublikasi hududi ichida jo‘natish uchun quyidagi tariflar o‘rnatilgan.
Texnologiya
«Android» va «iPhone»da qanday qilib so‘zlashuvlarni yozib olish mumkin?
Quyida keltiriladigan dasturlar internetga ulanmagan holda avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlarni yozib oladi. Buning uchun kerakli dasturni ko‘chirib olishib, kerakli sozlamalarni bajarishingiz darkor.
«Fayl sig‘imi juda katta». Ma’lumotlarni fleshkaga yozishda yuzaga keladigan muammoning yechimi
Ba’zi holatlarda fleshkada bo‘sh joy ko‘p bo‘lsa-da, kerakli faylni unga ko‘chirib bo‘lmaydi. Bu kabi holatlar odatda hajmi 4 gigabaytdan ortiqroq bo‘lgan fayllar bilan sodir bo‘ladi.
Dunyo
Bokuda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 25 kishi halok bo‘ldi (video)
Bugun ertalab Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi narkologiya dispanserida yong‘in yuz berdi. Uning oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan. Mazkur ish bo‘yicha tekshiruvni shaxsan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev nazoratga olgan.
Yangi servisda turistik ob’yektlar yaqinida joylashgan 500 mingdan ortiq jamoatchilik hojatxonalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Tavsiya qilamiz
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang
Jahon tajribasi ko‘rsatib turibdiki, rivojlanishning innovatsion modellari va «aqlli» texnologiyalarni keng joriy etayotgan mamlakatlar barqaror o‘sish va ko‘rsatkichlarga ega. Bu mamlakatlar nomini birma-bir sanab o‘tmasak ham, ularni yaxshi bilasiz.
Kecha Qozog‘istonda mudhish avariya sodir bo‘ldi. O‘zbekistonliklar ketayotgan «Lada Largus» avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Natijada olti nafar hamyurtimiz hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa haqida axborot saytlari xabar berib, halok bo‘lganlarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. Hammasi 1977 — 1995-yillar oralig‘ida tug‘ilgan er yigitlar, bu safar Xorazm motam ichida qoldi.
Nos chekasizmi? Maqolani o‘qing!
Nos juda ko‘p chekiladigan Qirg‘izistonlik mutaxassislarning aytishlaricha, tamakini bunday chekish sigaret chekishdan ham battar zararlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter