Navoiydagi kuchli shamol talafotlari (foto)
Bugun, 25-mart kuni soat 16:00dan 16:30gacha Navoiy viloyati Tomdi tumani «Yangi Tomdi» QFYda shamol tezligi soniyasiga 18 metrgacha kuchayishi kuzatildi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, kuchli shamol «Agrobank» ATB tuman filiali binosining 1120 kv. m. va 2 qavatli shaxsiy yashash uyining 522 kv. m. tom qismlari buzilishiga olib keldi.
Kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish uchun Tomdi tumani hokimiyatida tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmalaridan, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etilib, kerakli kuch va vositalar safarbar etildi.
Hozirgi vaqtda binolarning tomlarini ta’mirlash uchun avariya-tiklash tadbirlari tashkil etilgan.
Kuchli shamol natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter