Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda yangi ishga tushirilgan ko‘prik shahar hamda sanoat hududini bog‘ladi

Navoiyda yangi ishga tushirilgan ko‘prik shahar hamda sanoat hududini bog‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Kuniga 7 mingga yaqin yengil va yuk tashuvchi avtomashinalar qatnovi ko‘tilayotgan yangi ko‘prik Navoiy shahri hamda sanoat hududini bog‘lashi bilan ham muhimdir.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, ko‘prik  6 oy davomida, qariyb 9 milliard so‘mlik mablag‘ evaziga, viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi qoshidagi ko‘prik qurilishi korxonasi bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazilgan.

Yangi ko‘prikning  qo‘layligi shundaki, endi Navoiy shahridan sanoat hududi — «Qizilqumsement» AJ, «Elektrokimyozavodi» AJ qo‘shma korxonasi tomon qatnaydigan avtotransport vositalarining bosib o‘tadigan yo‘li 8 kilometrga qisqardi.

Ta’kidlash joizki, yangi ko‘prik barpo etilishidan avval bu yerda eski ko‘prik mavjud bo‘lgan. Ammo o‘tgan asrning 60-yillarida barpo etilgan ko‘prik  foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Ko‘prik yangilanganidan so‘ng uning balandligi avvalgisidan ancha  yuksalib, 7 metrga, uzunligi 72 metrga  yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring