Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda sifatsiz «dom» qurayotgan kompaniya mas’ullari javobgarlikka tortildi

Navoiyda sifatsiz «dom» qurayotgan kompaniya mas’ullari javobgarlikka tortildi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Zarafshon shahrida «Zarafshan golden group» MChJ tomonidan qurilayotgan 12 qavatli turar-joy binosining holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarida ob’yektning yig‘ma temir-beton konstruksiyalar asosida ramali tipda qurilishi ko‘zda tutilgan. Tashqi tomondan to‘ldiruvchi sifatida gazoblok qurilish materialidan foydalanish ko‘rsatilgan.

Aynan videolavhada aks etgan gazoblok to‘ldiruvchi materialining asosga mahkamlanish tartibi loyiha hujjatlarida ko‘rsatilmaganligi, bog‘lash, mustahkamlash chizmalari va qirqimlari loyihaga aniq kiritilmaganligi sababli, Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan «ToshuyjoyLITI» AJ Navoiy filiali mas’ul xodimi J.Rustamovga, gazoblok materialining normativ talablarga zid ravishda montaj qilinishi bo‘yicha «Zarafshan golden group» MChJ mas’ul xodimi A.Xojiyevga, shuningdek, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotining tegishli vakillariga ham takroriy ravishda MJtKning 99-moddasi tegishli qismlariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari 15 kun avval hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlanib, joyida buzdirib tashlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring