Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda shamol elektr stansiyasi quriladi – Prezident qarori

Navoiyda shamol elektr stansiyasi quriladi – Prezident qarori

«Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4933-son, 22.12.2020-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, Hukumat nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi (Investor) va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Shamol Zarafshan Energy» xorijiy korxonasi (Loyiha kompaniyasi) o‘rtasida Investitsiya shartnomasi tasdiqlanadi.

Qaror bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi.

Shunga ko‘ra, Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qat’iy tarif o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 20-martda Investor bilan O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini (ShES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring