Navoiyda o‘quvchilarning yoppasiga kaltaklanishi sababi ma’lum bo‘ldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, maktab yotoqxonasida qator turg‘izib qo‘yilib, kaltaklangan o‘quvchilar videosiga aniqlik kiritildi.
«Zamon» ko‘rsatuvida aytilishicha, mazkur voqea 2018-yil 14-oktyabr kuni Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida sodir bo‘lgan. Shu maktabning 3-bosqichida tahsil oluvchi, yotoqxona sardori A.Suvonov eshikni kim sindirgani borasidagi savolga o‘quvchilardan qoniqarli javob ololmagach, sherigi H.Xoliqov bilan ularni kaltaklagan. Voqea guvohi Sh.Abduvohidov uni qo‘l telefoniga tasvirga tushirib olgan.
Navoiy shahar IIB tergovchisi A’zam Ismatovning ma’lum qilishicha, hozir bu ish yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari ketmoqda, tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter