Navoiyda oliy ta’lim ko‘lami deyarli ikki baravar oshiriladi
![Navoiyda oliy ta’lim ko‘lami deyarli ikki baravar oshiriladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_232437442.jpg)
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda oliy ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirib o‘tdi.
— Kelgusi besh yilda Navoiy viloyatida 12 ming oliy, ishchi kasblar bo‘yicha 40 ming o‘rta ma’lumotli mutaxassislarga talab bo‘ladi.
Shu sababli, Navoiy viloyatini muhandis mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublika markaziga aylantirish dasturini amalga oshiramiz.
Buning uchun, Navoiy konchilik instituti negizida, qariyb 15 ming talabani o‘qitadigan Politexnika universiteti tashkil etiladi.
Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti quvvatlari qo‘shimcha 6 ming o‘ringa kengaytiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, viloyatda 20 ta yangi yo‘nalishlar ochilib, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 37 foizdan 60 foizga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter