Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda noqonuniy baliq ovlaganlar sudda javob beradigan bo‘ldi

Navoiyda noqonuniy baliq ovlaganlar sudda javob beradigan bo‘ldi

Navoiy viloyati Konimex tumani «Sho‘rko‘l» MFY hududida viloyat ekoboshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro Y.O. tomonidan 5000 metrlik sintetik to‘r bilan tabiiy suv havzasi hududida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi.

Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

«Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda», – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, 10-martdan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan. Baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring