Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ko‘p qavatli uydan 1 tonna nos topildi. Nosvoychi tergovga qadar tekshiruvda

Navoiyda ko‘p qavatli uydan 1 tonna nos topildi. Nosvoychi tergovga qadar tekshiruvda

Karantinda Navoiy viloyati IIB tomonidan hududdagi mahallalarda nazoratni kuchaytirish hamda fuqarolarning yashash xonadonlarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish qat’iy belgilangan hamda odatiy kun tartibiga aylangan.

23 aprel kuni Navoiy shahri «Humo» mahallasi hududiga biriktirilgan Milliy gvardiya xodimi Umidjon Karimov hamda profilaktika inspektori Umidjon Hazratovlar dezinfeksiya nazorat tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qoidabuzarlik aniqlab, qonun buzilishiga chek qo‘ydi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, 1978 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, ayni paytda Samarqand viloyati «Narpay» tumani, «Yangiqo‘rg‘on» mahallasida ro‘yxatda turuvchi fuqaro V.U. Navoiy shahri, «Humo» mahallasi, 7-uyda obodonlashtirish va sanitariya qoidalarini keskin tarzda buzib, noqonuniy ravishda 1 tonna nos tamaki mahsuloti saqlayotgani aniqlandi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

«Nosvoychining sodir etgan qoidabuzarligi kishining ensasini qotiradi. Aql bilan tamaki mahsulotini ko‘p qavatli binoda saqlab turish mumkin emasligini nahotki o‘ylamagan? Dimog‘ni «qichitgan» 1 tonna nos hidi nosvoychi ishining «isi»ni chiqardi. Ba’zi fuqarolarning yakunini o‘ylamay qilgan qilmishlari, huquqiy savodsizligi qonun-qoida buzilishiga olib kelmoqda. Biroq, bu vaziyat jazoni yengillashtirishga, va yoki javobgarlikdan soqit etilishiga asos bo‘lmaydi. Qoidabuzarlarga jazo muqarrar», — deyiladi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring