Navoiyda konni portlatish vaqtida ishchi halok bo‘ldi
Navoiy viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «Navoiy kon metallurgiya kombinatida nega o‘limlar soni ortmoqda?» sarlavhali xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Prokuraturaga ko‘ra, joriy yilning 26 noyabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli «Sharqiy» konida portlatish ishlari olib borilgan hududda ruda toshlarni olish ishlari bilan shug‘ullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga tog‘ jinslari ko‘chmasi sachrab tushishi oqibatida, kabinada bo‘lgan mashinist Sh.Sh tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, EKG-40 rusumli ekskavator kabinasida bo‘lgan, mashinist yordamchisi T.M «bo‘yin va o‘ng qo‘l kaft sohasi 1 va 2-darajali kuyishi» tan jarohatini olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter