Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ham 10 nafar «ko‘cha bolasi» qo‘lga olindi

Navoiyda ham 10 nafar «ko‘cha bolasi» qo‘lga olindi

Illyustrativ surat

Navoiy viloyatida davom etayotgan «Dolzarb qirq kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yana 10 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir doirasida huquq-tartibot organlari tomonidan «Mexrik» laqabi bilan tanilgan, 1991-yilda tug‘ilgan Mehriddin Allayorov, 1995-yilda tug‘ilgan Umid To‘rayev va ularning 8 nafar jinoiy sherigi qo‘lga olingan.

Ular o‘z atrofiga sportchi va jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, zo‘ravonlik, bezorilik, kuch ishlatish, firibgarlik va tahdid orqali pul mablag‘larini qonunga xilof rafishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan.

«Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.

Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raydi. Ma’lumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bundan oldin Toshkent shahrida «Salimboy», «Baxti Tashkentskiy», «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan jinoyat olami vakillari qo‘lga olingandi. Shundan respublika miqyosida «ko‘cha bolalari»ga qarshi ov boshlanib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring