Navoiyda apreldan ichimlik suvi qimmatlaydi
Navoiyda aprel oyidan ichimlik suvi narxlari oshadi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2024-yil 15-martda Navoiy viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2024-yilning 1-aprelidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:
Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 2 700 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 6 500 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 8 000 so‘m;
Oqova suv xizmati:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 600 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 4 600 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 6000 so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter