Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 11ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Navoiyda 11ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 8-noyabr kuni soat 18:30larda Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi «HOWO SINOTRUK» rusumli yuk avtomashinasida yomg‘irli havoda, sirpanchiq yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘ldan o‘ng tomonga chiqib ketib ag‘darilgan. 

Hodisani ko‘rgan boshqa haydovchilar yo‘l chetiga transport vositasida to‘xtagan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobilda sekinlagan vaqtida ortidan kelayotgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.J. o‘z boshqaruvidagi «Man» rusumli yuk avtomashinasida ortilgan yuki bilan keskin tormoz olib, «Lasetti»ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan:

1) haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi «UAZ» rusumli;
2) haydovchi, 1966-yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi «Man» rusumli;
3) haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli;
4) haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan B.N. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli;
5) haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan U.J. boshqaruvidagi «Matiz»rusumli;
6) haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli;
7) haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli;
8) haydovchi 1964-yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli transport vositalarini birin-ketin urib o‘tgan.

To‘qnashuv natijasida vafot etganlar yo‘q. Zarafshon shahar 3-sonli TSQ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH sabab 11 nafar fuqaro murojaat qilgan:

1) 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. - bosh tepa sohasining shilingan jarohati;
2) 2010-yilda tug‘ilgan fuqaro - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
3) 2014-yilda tug‘ilgan fuqaro D.I. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
4) 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro O.S. - ensa soha yirtilgan jarohati;
5) 2008-yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
6) 2012-yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
7) 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro I.S. - ensa soha lat yeyishi va yirtilish jarohati;
8) 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro Ch.B. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
9) 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro K.S. - to‘sh sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi;
10) 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. - bosh chap yon sohasining shilingan jarohati. Bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
11) 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan. 

Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shu kuni yashash uylariga javob berilgan. Konimex tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 8-noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq tan jarohati olgan fuqarolardan murojaat kelib tushmagan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring