«Navoiyazot» yaqinidagi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Avvalroq Zarafshon daryosining «Navoiyazot» yaqinidagi hududida ommaviy zaharlanish yuzaga kelib, baliqlar nobud bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekshiruv o‘tkazilgani qayd etildi.
Bu jarayonda sanoat korxonalaridan Zarafshon daryosiga oqizilgan chiqindi suvlar tarkibi va nobud bo‘lgan baliqlarda maxsus laboratoriya va ekspertiza tahlillari o‘tkazilib, tegishli xulosalar olindi va boshqa holatlar atroflicha o‘rganildi.
Tekshiruv natijalari, Zarafshon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boshqa kimyoviy moddalar me’yoridan ortiqcha miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi ko‘plab baliqlar nobud bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yil 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter