«Navoiy-Zarafshon» shaharlararo poyezdi yo‘lga qo‘yildi
20-avgust soat 06:10 da Navoiy shahridan yo‘lga chiqqan poyezd soat 11:45 da «Yangi-Zarafshon» mahallasidagi stansiyaga yetib keldi.
Hozircha sinovdan o‘tkazilayotgan uchta vagondan iborat Navoiy-Zarafshon shaharlararo poyezdi 450 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, haftaning seshanba va yakshanba kunlari qatnaydi. Aholi talablariga asosan yaqin kunlarda qatnov grafigi o‘zgarishi mumkin. Ayni paytda haftada ikki marta qatnaydigan poyezd soat 17:25 da Navoiy shahriga jo‘nab ketadi.
Navoiyga chipta narxi kattalar uchun 14 ming so‘m, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul va undan katta yoshdagi voyaga yetmaganlarga esa 6 ming so‘m. Qariyb olti soatlik yo‘l davomida yo‘lovchilarga turli xizmatlar (qaxva, choy, yengil tamaddi va quvvat beruvchi ichimliklar taklif etiladi) ko‘rsatiladi.
Marusa Hosilova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter